Балтабаев Талибджан

Таклиф Тошкент шаҳар 2019-08-12 21:47:14

Respublikada davlat tili mavqeini qog’ozda emas, amalda tiklash kerak. Mamlakatda, ayniqsa Toshkentda peshtaxtalar, reklamalar, turli yozuvlarning o’ris tilida yozilishi bu chidab bo’lmaydigan holat. Biz asta-sekin Rossiya chekka qishlog’iga aylanib qolmoqdamiz. Bunga qarshi davlatning davlat tilini himoyasi, uni barcha jabhalarda to’laqonli ishlatilishi, unga bepisand, hurmatsizlarcha oyoq osti-qilayotgan tashkilotlar, muassalar, jismoniy, yuridik shaxslarga nisbatan moddiy javobgarlik joriy qilinishi shart deb o’ylayman. TIV Toshkentda joylashgan barcha elchixonalardan ularga murojaat qilayotgan fuqarolarga davlat tilida javob qaytsrilishini talab qilishi kerak. O’zbeKistonda ishlab chiqariladigan barcha mahsilotlar yorliqlari davlat tilida bo’lishini ta’minlash kerak.


Изоҳлар