Najimov Nasrullo Ismatilloyevich

Taklif 2020-11-21 20:50:42

1. Prezident qaroriga asosan ajratilayotgan kreditlarda ta'minotchi degan narsani chiqarib tashlash kerak, chunki bu sotib olinayotgan tovar va xizmatlarni narxini asossiz ravishda oshishiga olib kelmoqda. 2. Savdo - Sanoat Palatasini, Dehqon va Fermerlar Uyushmalarini o'rniga Xokimliklar huzurida tadbirkorlar kengashini tashkil etish kerak, kengashga barcha tadbirkorlik sub'ekt larini a'zo qilish kerak. Kengash qo'yidagi qo'mitalardan iborat holda tashkil etilishi kerak : a) Sanoat qo'mitasi. b) Hunarmandchilik qo'mitasi. c) Iqtisodiyot qo'mitasi. d) xizmat ko'rsatish qo'mitasi. 3. Kengash zimmasiga qo'yidagi vazifalarni qo'yish kerak : a) Faoliyati to'xtab qolgan tadbirkorlik sub'ektlari bilan ishlash va ularni faoliyatini yuritib yuborish. b) Faoliyatdagi tadbirkorlik sub'ektlari bilan ishlash, ularni ishlab chiqarayotgan maxsulotlarini eksportga yo'naltirish. c) Qiynalayotgan tadbirkorlik sub'ektlarini loyihalari asosida subsidiya, zarur texnika va texnologiyalarni ajratish. d) Qishloq xo'jalik sohasidagi loyihalarni amalga oshirish, hamda loyihaga asosan tendersiz yer ajratish. e) Tadbirkorlik sub'ektlarini huquqiy himoya qilish, ularni muammolarni hal etish. f) Tadbirkorlik sub'ektlarini kerakli malakali ishchi - xodimlar bilan ta'minlash. j) bo'sh turgan, zarar bilan iylayotgan korxonalarni tadbirkorlarga investisiya kiritish va korxona narxini bo'lib to'lash asosida sotishini ta'minlash. h) hisobchisi yo'q tadbirkorlik sub'ektlarini hisobotini yuritish, amaliy ko'mak berish. 4. Iqtisodiyot va kambag'allikni tugatish, hamda moliya vazirligini birlashtirib, ularni negizida yagona Iqtisodiyot vazirligini tashkil etish kerak .Bunday qilish mamlakatda ish haqini bir me'yorda bo'lishini, hamda yagona hisobot yuritilishini ta'minlaydi, shuningdek iqtisodiy muammolani hal etadi. Vazirlikni qo'yidagi bo'limlardan iborat holda tashkil etilishi kerak : a) Iqtisodiyot bo'limi. b) Taftish bo'limi. c) G'aznachilik bo'limi. d) Nafaqa bo'limi. e) Soliq qo'mitasi.

Бириктирилган файлларни юклаб олиш

Юклаб олиш Юклаб олиш Юклаб олиш Юклаб олиш Юклаб олиш


Izohlar