Bektemirov Bekzod Beknazar oʻgʻli

Таклиф Самарқанд вилояти 2019-08-06 13:00:24

Bizni boy tariximiz boqmoqda, biz ham tarix qurib kelajakni boqaylik O’zbekiston ko’plab tarixiy obidalar mavjud. Mustaqillikga erishgach ajdodlarimizdan qolgan obidallarni qaytadan rekanstruksiya qilish turizimni rivojlantirish davlat uchun birinchi masalaga aylanib qoldi. Necha yillar davomida yerga topdalgan tariximiz, obidallarimiz yana tiklandi. O’ZBEKISTON OBIDALARIDAGI DURDONA BITIKLAR Mamlakatimiz hududida mavjud bo’lgan to’rt mingdan ziyod moddiy-ma’naviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro’yhatiga kiritilgan. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og’zaki ijodidan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan mimg-minglab qo’lyozmalargacha bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalik katta me’rosga ega bo’lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov Hozirgi kunga kelib tarixiy obidalarimiz O’zbekiston turizmini rivojlanishiga olib kelmoqda, necha asr umir kurgan obidalarni uz kuzi bilan kurish ishtiyoqida yurgan insonlar yer yuzida milliardan ortiq. Biz hozirda qurilish sohasida rivojlanishimiz juda ham yomon ahvolda. Dunyo davlatlar qurilishda osmon o’par binolar qurayotgan bir vaqtda biz endigina 12 qavat bino quryabmiz. Tarixga nazar boqsak urta asrlarda bizning ajdodlarimiz, ota bobolarimiz haqiqiy me’mor bulishgan. Usha vaqtda qurilgan obidalar hozirgi kunda bizning davlatimiz uchun boylik olib kirmoqda. Bu esa quvonchli va juda achinarli axvol emasmi? Biz kelajak uchun emas uzimiz uchun quryabmiz. Biz shunday binolar quraylik, binolar asrlar davomida saqlanib qolsin. Bizning asosiy maqsadimiz biz uzimiz uchun emas kelajak uchun quraylik . Hozirgi davr talabidan kelib chiqib bizda katta loyihalar qurilmoqda. Misol qilib aytadigan bulsak Tashkent city, Samarkand city, Termiz city, Andijon city va Olmazor city bunday shaharlar yurtimiz ko’rkiga ko’rk qushib turadi albatda. Lekin bizni yurtimiz tarixga boy bulganligi uchun turizimni rivojlantirish uchun qurilish qilishimiz kerak deb uylayman. Biz shunday obida quraylik bu obida umirboqiy bulsin. Biz qurgan obidalar asrlar davomida saqlanib qolish kerak. Bu obida kelajakda XXI-asrdan sizu bizdi zamonimizdan estalik qolishi kerak. Bunday obida qurish uchun osmon o’par bino qurish shart emas. Aksincha O’zbekiston dengiz sathidan balanda joylashganligini inobatga olib yer ostiga shahar yani city qurishimiz kerak. Bunday shahar qurilishi jahon buyicha juda katta qiziqishga sabab boʻladi. Birgina misol qilib poytaxtimizdagi metroni olamiz. Toshkentga borgan odam metroga tushmasdan qaytmaydi. Ha biz shunday shahar quraylik butun dunyo me'morlari bunday bino, inshootlarni kurib hayratda qolsin. Bu shahar kelajakda dunyodagi eng qiziqarli, chiroyli va koʻrkam shahar buladi. Bunday shahar qurish Oʻzbekiston uchun juda mos keladi. Birinchidan aytib oʻtganimdek Oʻzbekiston yer ostidan shahar qurish uchun yetarli darajada dengiz sathidan balandda joylashgan. Ikkinchidan iqlim sharoiti jihatdan ham qish sovuq bulsa ham yer osti issiq buladi. Yozda esa quyosh nuri yetarli darajada yerni qizdirib turadi. Uchinchidan geologik jihatdan ham yurtimiz tuprogʻi yer osti qurilishi uchun juda ham toza yani hech qanday chiqindilar mavjud emas. Toʻrtinchidan biz ota bobolarimiz kabi kelajakka bino inshoot qurib meros qilib qoldirishimiz kerak. Biz uzimiz uchun emas kelajak uchun quraylik! Bloger Bekzod Beknazar Oʻgʻli


Изоҳлар