Zohidjon Jurayrv

Таклиф Фарғона вилояти 2019-08-06 14:52:15

Assalomu alaykum. Davlat ishxonalari (eng asosiysi elektr, gaz va suv korxonalari) da tezlik bilan zamonaviylashgan muloqot tizimini joriy qilish kerak. Telefon orqali savol javob, to'lovlarni ham telefon yoki kompyuter orqali onlayn qilish, onlayn shaxsiy kabinetlarni to'g'ri va tez ishlashini ta'minlash kerak. Navbat juda ham achinarli holatda ko'p. Yoshi katta insonlar qiynalyapdi. Hodim uchun ham yaxshiku... (Telefonda gaplashganda ikkinchi odam ojidanieda kutib turaveradi, ortiqcha har hasha urush janjal chiqmaydi) Qachon shu 3 ta korxonaga ishim tushib telefon qilsam, kelmasangiz ishingiz bitmaydi... Deyishadi. Vaholangki, borsam 1 daqiqaga bormasdan ishim bitadi, agar navbat bo'lmasa...

Маъсул идоралар

Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги

Жавоблар

Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги

Сabinet.mjko.uzUy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligining suvoqova korxonalari aholi iste’molchilari uchun shaxsiy kabinetlar va MJKOCabinetiste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida shaxsiy kabinetning maxsus mobil ilova yaratildi. Shaxsiy kabinetlarda aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni onlayn (real vaqt) rejimida qabul qilish interaktiv xizmatlari yo`lga qo`yilgan. Shuningdek, shaxsiy kabinetlarda kommunal to`lovlar uchun elektron to`lov tizimlari (Munis, U-Pay, Click, Payme, Paymo, Paynet) orqali to`lovlarni amalga oshirish, hisoblagich ko`rsatkichlari to`g`risidagi ma’lumotlarni uzatish, qarzdorlik to`g`risida ma’lumot olish imkoniyati mavjud.

Изоҳлар