Jalolov Muhammadjon

Таклиф Андижон вилояти 2019-10-23 00:00:22

Taklifim turizm va shaharsozlikka tegishli. U shundan iboratki, gotik arxitektura uslubida yangi bir shahar qurish, yoki biror bir shaharni tanlab uni to'liq gotika uslubida rekonstruksiya qilish. Turli arxitektura uslublari mavjud. Masalan ğarb va sharq, rim va gotika, yapon, arab arxitektura uslublari va h.k. Rim (Roman) arxitekturasi eng keng tarqalgan joylar - Fransiya va Italiya. Germaniyada esa gotika uslubi namoyon. Bilamiz bizda sharqona arxitektura - tarixiy shaharlarimizda. Yevropacha arxitektura esa bizda yo'q. Agarda bir dona gotika usulida shahrimiz bo'lsa mahalliy turizm uchun katta turtki bo'lardi. Yevropaga borishga imkoni yóqlar shu shaharga borib kórgan bólardi. Dunyodagi eng gotik shahar Praga ekan. Ya'ni baland, uchli, qasrga óxshash, bezakli binolar juda kóp.

Маъсул идоралар

Ўзбекистон Республикаси Қурилиш вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Инновацион ривожланиш вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Туризмни ривожлантириш давлат қўмитаси


Изоҳлар