Muhammadjon Jalolov

Таклиф Андижон вилояти 2019-10-07 10:30:23

Assalomu alaykum. Meni taklifim shundan iboratki, shaharlarda kichik parklarni kópaytirish. Bular 1 gektardan 4 gektargacha bólishi mumkin. Bunga qanday erishiladi. Buning uchun yangi qurilayotgan kóp qavatli uylarni boshqacha usulda qurish talab etiladi. Ya'ni. Masalan 3 yoki 4 ta kóp qavatli uy uchun bitta bolalar maydonchasi va avtoturargoh. Va bu domlar ni atrofi kócha bóladi. Boshqacha qilib aytganda bu 3 ta yoki 4 ta domni ózi bitta kichkina kvartalcha kórinishida bóladi. Undan ham tushunarli qilib aytganda ósha bitta bolalar maydonchasi va avtoturargoh ni atrofi dom bilan óralgan bóladi. Shu usulda kóp bósh yer xosil qilinib boshida aytilgan mini parklar qurish mumkin bóladi. Rahmat

Маъсул идоралар

Ўзбекистон Республикаси Қурилиш вазирлиги


Изоҳлар