“Юксалиш” умуммиллий ҳаракати фуқаролар ва кенг жамоатчиликни давлат ва жамият бошқарувига фаол жалб қилиш, шунингдек давлат идоралари фаолиятининг очиқлиги ва шаффофлигини таъминлаш мақсадида Jamoatchilik.uz онлайн платформасини ишга туширди.

www.Jamoatchilik.uz сайтига келиб тушган барча таклифлар тегишли вазирлик ва идоралар раҳбарларига тақдим этилади.





Jalolov Muhammadjon
Таклиф 2019-10-23 00:00:22

Taklifim turizm va shaharsozlikka tegishli. U shundan iboratki, gotik arxitektura uslubida yangi bir shahar qurish, yoki biror bir shaharni tanlab uni to'liq gotika uslubida rekonstruksiya qilish. Turli arxitektura uslublari mavjud. Masalan ğarb va sharq, rim va gotika, yapon, arab arxitektura uslublari va h.k. Rim (Roman) arxitekturasi eng keng tarqalgan joylar - Fransiya va Italiya. Germaniyada esa gotika uslubi namoyon. Bilamiz bizda sharqona arxitektura - tarixiy shaharlarimizda. Yevropacha arxitektura esa bizda yo'q. Agarda bir dona gotika usulida shahrimiz bo'lsa mahalliy turizm uchun katta turtki bo'lardi. Yevropaga borishga imkoni yóqlar shu shaharga borib kórgan bólardi. Dunyodagi eng gotik shahar Praga ekan. Ya'ni baland, uchli, qasrga óxshash, bezakli binolar juda kóp.

Норбеков Бахтиёр
Таклиф 2019-10-22 09:34:27

туманлардаги тугатилаётган касб хунар коллежлари негизида олий таълим муассасалари филлиаларини очилишини таклиф этаман.

Холиқов Жамшид Абдиносирович
Таклиф 2019-10-21 14:05:34

Ассалому алайкум ҳурматли мутасадди ходимлар. Мени таклифим; Ўзбекистон Республикаси норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар лойихалари муҳакамасида кўп ҳолларда фақат битта тилда, рус тилида кетмоқда. Масалан; снос масаласи бўйича ҳужжат лойихаси муҳокамаси рус тилида берилган, ўзбек тилида берилмаган. Изоҳлар ҳам фақат рус тилида. Илтимос тилимизга эътибор элимишга этиборлигини эсдан чиқармаган ҳолда, давлат тилида ёзилмаган ҳужжат лойихаларини порталда қўйилмаслигини талаб қиламан. Бу бўйича назорат қилиниши белгиланишини сўзсиз таминлаши керак.

Shamuratov Jamshid Kamiljanovich
Таклиф 2019-10-19 10:18:44

Assalomu alaykum.Har yili kuz va qish fasli kelishi bilan tarmoqdagi gazning o'chib qolishi yoki kamayib gohida ko'payib ketishi kuzatiladi. Bu holat ko'p bo'ladi. Balki boshqa viloyatlarda ham shundaydir. Alloh saqlasin bir kuni shunday holat yuz berib qolsa uyida hech kimi yo'q insolar bilmaydiyu buni. Shu payt chaqnash sodir bo'lsa u yog'ini o'zingiz bilasiz. Shuning uchun gazni vaqtinchalik o'chirishdan oldin televidiniyada- birqancha qanallarda e'lon qilinsa. Nimaga desangiz hamma bir qanalni tomosha qilmaydiyu. Va bu e'lon qilish to'g'risida qonun ham qabul qilinsa. Rahmat sizlarga.



Ватандошлардан таклифлар!

Чет элда фаолият юритаётган Ўзбекистон фуқароларининг ҳужжатларини расмийлаштириш бўйича консуллик хизматлари фаолиятини янада такомиллаштириш масаласини муҳокамага қўйиш таклиф этилмоқда.

Шу муносабат билан, ушбу соҳани ривожлантириш, фуқароларга янада қулайлик яратиш, бу борадаги хориж тажрибасидан келиб чиққан ҳолда ўз фикр ва мулоҳазаларингизни қолдиришингиз мумкин.

Билдирилган барча таклифлар ўрганилиб, мутассадди вазирлик ва идораларга киритилади.


таклиф юбориш

Toshpulatov Doniyor Baxodir ogli
Хабар 2019-09-10 22:17:35

Telvideniyada yangi kanal ochaylik immenno biznes uchun agar Loyixa kerak bolsa chaqiringlar boraman birgalikda maslaxat qilamiz

Qahhorov G'ayrat Zokirjonovich
Хабар 2019-09-09 22:13:57

Xususiy TV kanallar, gazeta va jurnallar hamda internet veb saytlarida ochiq video va fotikardlarni montaj qilib, millatlar, elatlar, dinlarga salbiy ta'sirlari bor audio, video mahsulotlarga juda qimmat soliqlarni joriy etish lozim. Yoki shunday kasrlarni efirga berilmasligini, chop etilmasligini, ko'rsatilmasligiga erishish. Yoshlar, bolalar ongiga, ma'naviyati, sog'liq, ruhiyatiga, fikrlashiga salbiy ta'sir etuvchi g'oyalardan tozalash shart.

Qahhorov G'ayrat Zokirjonovich
Хабар 2019-09-07 17:19:58

Yurtimizdagi mavjud ichki yo'llarning ko'p qismi xalqning nazarida ravon va ko'ngildagidek emas. Shu jihatlarni inobatga olgan holda Davlat va hususiy sherikchilik asosida yo'llarni ta'mirlash va obodonlashtirish korxonalari tuzishga katta ehtiyoj mavjud. Amaldagi yo'l qurilish va obodonlashtirish korxonalarining ishidan xalq rozi emasligi hammaga ma'lum. Bu korxonalarning ayrim rahbarlari noma'lum sabablarga ko'ra davlat budjetini suiste'mol qilishmoqda yoki korrupsiya holatlarini sodir etmoqda. Agarda hususiy korxonalar shu sohada faoliyat ko'ratsa Davlat budjeti ancha iqtisod qilinadi yoki maqsadli sarflanadi.

Нуритдинов Шерали Расулович
Хабар 2019-09-02 17:39:32

Ҳалқдан мева сабзавотни давлат томонидан сотиб олиш таъминланса яхши бўларди.Илгари, ,, ЗагатКонтора, , деган ташкилот бўларди.Хар қалай шунда деҳқоннинг маҳсулотларини сотилиши кафолатланарди