Маткаримов Икром Мухтарович
Taklif 2020-12-19 15:15:20
Таълим тизимини бошқаришда Махаллий ижро хокимияти органларини ваколатларини тартибга солиш

Abduraimov Akbarjon Komilovich
Taklif 2020-12-19 10:53:58
1.Chekka-chekka tumanlarda masalan Xatirchi tumanida bironta yirik sanoat korxonasini qurish 2.Shuningdek hududlarda avtoshoxbekatlar qurishni jadasllashtirish 3. Xorijlik tibbiyot mutaxassislari ishtirokida respublikaning barcha hudularidagi kasalmand bolalarni jiddiy tekshiruvdan o'tkazish 4. Mamlakatda ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qo''lab quvvatlash, xususan jurnalistika sohasidagi kadrlarni professional kasbi bo'yicha yo'naltirish, sjhada ishlab yurgan boshqa soha mutaxassislarini o'z sohalariga yo'naltirish

Ramazonova Kamola Ramwzon qizi
Taklif 2020-12-19 09:28:36
Maktabgacha ta'lim muassasalari shanba kuni ham ishlashi yoki davlat tashkilotlari shanba kuni abetgacha qilib ish faoliyati quyilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi, sababi shanbada bolalardan hovotirlanishimiz oqibatida ishimiz samaradorligi pasayadi

Темур жуманиёз
Taklif 2020-12-18 14:58:15
Оммавий спртга пул ажратишни тухтатинг хозирча ундан кура ижтимоий сохага беринг кейинрок дунё уз холига келгандан кейин бераверасизлар

Sulton Najmiddinov Nurali o'g'li
Taklif 2020-12-17 16:31:18
2021 yil davlat dasturi uchun taklifim, avvola hozirgi pandemiya va jahonda yuz beradigan vaziyatlardan kelib chiqqan holda, eng katta kuchimizni yoshlarga qaratishimiz kerak ya'nikim ta'lim va innovatsiyalarni yuqori darajaga olib chiqish kerak bunda ta'limdagi kamchiliklarni bartaraf etish {barcha bosqichlarda} jumladan: - maktab o'qituvchilarga talab va oylik maosh yuqori bo'lishi kerak, OTMdagi o'qituvchilarga nisbatan. buni bir yaxlit tizim sifatida shakllantirish kerak ya'ni maktab o'qituvchisi faqat yuqori maosh olib ish vaqti davomi faqat o'quvchilar bilan shug'ulansin u hoh ta'lim hoh tarbiya borasida bo'lsin. OTMdagi o'qituvchi-proffesorlar esa oyligi maktab o'qituvchisiga nisbatan kamroq bo'lsada lekin ustama oylik maoshi yuqori bo'lishi kerak bo'lsa oyligini 3 barobar qilib olishi mumkin (bu faqat o'qituvchi-proffessorlarning o'zini qo'lida bo'lsin), ya'ni ular ko'p vaqtini talaba bilan ishlashni o'rniga o'z ustida ishlasin (yangiliklar, innovatsiyalar, ilmiy ishlar, yaratuvchanlik g'oyalar) shunda talaba o'qituvchilar qadriga yetgan holda o'z ustida o'zi ishlaydi albatta ustozi bilan, agarda talaba o'z ustida ishlamas ekan unga na diplom na bilim ololmasin - Turizm sohasida bitiruvchilar soni ko'ytirishimiz kerak va turizm boshqa sohalari bo'yicha OTMlarga maxsus yo'nalishlar ochishimiz kerak - dasturchi sohasida doir OTM yo'nalishdagi kvotalarni kamaytirgan holda (Bunda faqat dasturchi-pedagok bo'lishi ) alohida oliy maktablarni shakllantirishimiz kerak

Юсупов Аплишер Хасанбаевич
Taklif 2020-12-14 18:33:17
Республикамиз буйлаб маданий мерос объектларини хатловдан утказиш ва уларни таъмирлаб Республикамиз иктисодиёти учун туризм сохасида ишлатишмаксадида 5 йиллик стратегияси дастури ва йул харитасини ишлаб чикиш,мисол учун Хонка туманидаги 18 асрда керилган Гавдоньой уйи харобага айланган,шунингдек Хонакох биноси СССР пайтида улкашунрслик музейи булган хозирда курилиў обектлари ва бошка тдоралар уртасида колганёнига бориб булмайди ,Саид ота масжиди12 асрга талукли,Чингис хон хам тегмай кетган зиёрат туризмида ишлатса булади катта зиёрат обекти сифатида ишлатиш муммкин

Nematova Surayyo Sobirovna
Taklif 2020-12-14 16:28:41
Õzbekiston fuqarolari chet el universitetlariga imtihonsiz tõlov asosida õqishga kirib, bir yildan sõng Õzbekiston universitetlariga kõchirib, õqishni davom ettirishyapti. Chet el universiteti emas õzimizning universitetlarga imtihonsiz tõlov asosida õqishga kirishni, yõlga qõyishni sõrardim.

Yoʻlchiev Doston
Taklif 2020-12-13 13:03:29
Davlat tomonidan va boshqa imtiyozli asosda berilayotgan arzon uy joylarni berishda, xonadon xonalarini oilaning farzandlariga qarab yani xonalar soni oiladagi qiz bolalar soni inobatga olinadi, taklifim uy xonalari sonini belgilashda oʻgʻil bolalar soniga qarab belgilash kerak chunki oʻgʻil bolalar katta boʻlganda ular oilali boʻlishini oila azosi yana bir kishiga koʻpaysa bu xonalar soni kamlik qilishi mumkin, uy oluvchi fuqarolarning xoxishiga qarab uyning xonalari oiladagi oʻgʻil farzandlar soniga qarab belgilansa yaxshi boʻlardi.

Атаханов Шавкат Саиткамалович
Taklif 2020-12-11 09:09:45
Рекомендация № 1 Проводить политику по запрещению употребления алкоголя в общественных местах. Запретить рекламу алкоголя и сигарет в средствах массовой информации. Рекомендация № 2 Запретить ввоз и использование генно модифицированных продуктов, ужесточить фитосанитарный контроль, над ввозимыми продуктами.

Атаханов Шавкат Саиткамалович
Taklif 2020-12-11 09:08:31
Рекомендации к Государственной программе на 2021 год Рекомендация №1 Решение Экологические проблемы страны, приостановить злоупотребление природными ресурсами и неумелым управлением им. И приоритетно рассматривать проблему окружающей среды и здоровья как угрозу государству. Решение этой проблемы путем активного участия Гражданского общества. Рекомендация №2 Самой серьезной проблемой считают трудоустройство в соответствии со специальностью, особенно среди молодых людей. Решение этой проблемы путем создание Агентство по трудоустройству молодежи при Президенте Республики Узбекистан, который будет проводить мониторинг среди молодежи окончившие Высшие учебные заведения. Рекомендация №3 Создание Единого социального реестра, который позволит оказывать все виды социальной помощи по одинаковым критериям и одному документу. Систему поэтапно внедрить во всех регионах. В перспективе полный запуск программы «Единый социальный реестр» позволит существенно минимизировать человеческий фактор и, как следствие, максимально исключить коррупционную составляющую в распределении социальной помощи Рекомендация №4 Создание единого альтернативного органа, который будет регулировать , и регламентировать деятельность всех организаций ННО, который будут задействованы в социальной защите населения. Рекомендация №5 В целях полного охвата населения медицинским патронажем и системной диспансеризацией, создание электронной записи в поликлинику и повышения доступности для населения к медицинским услугам разработать Государственную программу на 2021-2025 годы. Рекомендация №6 Разработать Государственную программу на 2021-2025 годы по скринингу матери и ребенка, а так же по медико-генетическим услугам. Рекомендация №7 Внедрить систему поощрения активных участников, которые пропагандируют здоровый образ жизни и здоровое питание .

Tura Arobiddin Kuchkarovich
Taklif 2020-12-11 06:33:29
1. Разрешить нашим соотечественникам за рубежом покупать [в рассрочку] автомобили производство «GM Uzbekistan» за валюту в той стране, где они находятся, по местным (экспортным) ценам, но при этом получать машину у себя дома. 2. Скорректировать (приравнять) внутренние цены на машины к экспортным ценам с учётом инфляции. При этом розничные цены на вышеуказанные автомобили в России остаются без изменения, а поменялся только потребитель. А цена в Узбекистане немного выше, чем в России, учитывая инфляцию, но ниже, чем сейчас. При этом «GM Uzbekistan» не проигрывает, так как экспортные расходы компании (логистика, пошлина, дилерские комиссионные и т.д.) равны нулю. Таким образом, нашему народу будет немного легче приобрести машину, так как цена «Спарка» должна снизиться на 5%, «Нексии» - на 15%, «Кобальта» - на 16.5% и «Ласетти» - на 33.5%. Смотреть приложение.

Исмонов Салимжон Солиевич
Taklif 2020-12-10 16:44:48
Аҳолини иш билан таъминлашда олий ва ўрта махсус маълумотли фуқаролар хуқуқлари тенг бўлиши (айрим соҳалардан ташқари) шарт. Чунки ишни дастлабки даврида (кейинчалик ҳам) дипломининг аҳамияти унчалик катта бўлмаслиги керак. Бу тартиб коррупцияни олдини олиш учун хам хизмат қилади. Бу қайси маънода, олийгоҳларда "КАТТА" пулга ўқишни хоҳловчилар камаяди, кейинги фаолиятида ўқиш учун сарфланган пулларни тиклаш деган ўй ҳаёл ўз-ўздан йўқолади.

Исмонов Салимжон Солиевич
Taklif 2020-12-10 13:14:32
Бугунги кунда махалла фуқаролар йиғинлари орқали тайинланаётган моддий ёрдам ва болалар учун нафақа пулларини тўлиқ чиқариб ташлаб, мурожаатларни электрон тарзда ижтимоий таъминот бўлимларига барча фуқаролар томонидан жўнатилишини ташкил этиш зарур. Шунда инсон фактори иштирок этмайди, МФЙлар асосий ғалвадан қутилиб, обрўсига ҳам зиён етмайди. Барча фуқаролар фарзанди учун ва оила даромадидан қаъттий назар нафақа олишига шароит яратилади. Келишмовчилик ёки тушунмовчиликлар барҳам топади.Шунда ҳам ҳамма ёппасига нафақа оламан деб ёпишиб олмайди. Нафақа миқдори пастроқ бўлиши мумкин.

Nazarov Saidbek G'ulom o'g'li
Taklif 2020-12-09 12:17:02
Assalomu alaykum meni taklifim shunday: Hozirda qishloqlarda namunali uylar (kottejlar)ga ko'zimiz tushadi lekin ularni ko'pchilikiga hech kim yashamaydi. Puli borlar olib, band qilib qo'yibdi. Ayni damda shahar markazlarida ham ko'p qavatli uylar qurilishi shiddat bilan ketmoqda. Bularni reklamalardan ham bilsa bo'ladi. Usha ko'p qavatli uylarning ham ko'pchiligi bo'm bush. Oddiy odamlar olishiga juda qimmat. Usha shaharlarimiz chiroyiga chiroy qo'shib turgan binolarni qurishga katta mablag' ketishi aniq. Lekin bundan oddiy xalqqa hech qanday foyda yo'q. Usha namunali va ko'p qavatli uylar yonida ishlab chiqarish zonalari, kichik zavod-fabrikalar qilib ish o'rni yaratilsa Davlatga aholiga ham foyda keltiradi. Hech kim yashamagan uylardan kimga foyda?!

Raximova Nazira Toshtemirovna
Taklif 2020-12-09 10:51:03
Umumiy o‘rta ta'lim bitiruvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirilgan holda maxsus sertifikatlar berishni joylardagi Barkamol avlod bolalar maktablarida amaliyotini tashkil etish, ularga turli kasb-hunar sirlarini mukammal o‘rgatgan holda imtiyozli sertifikatlar berish shuningdek, iqtidorli kasb-hunar sirlarini yetarli darajada o‘zlashtira olgan bitiruvchini Barkamol avlod bolalar maktabiga ish bilan ta'minlash. Umumiy o‘rta ta'lim maktablari bilan o‘zaro hamkorlikda o‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirish bugungi kunning asosiy talabi bo‘lganligi sabab yuqoridagi fikrlarni davlat dasturi loyihasiga taklif etamiz.

Matkarimov Akramjon
Taklif 2020-12-08 19:16:50
Mahallylar faoliyatini tashkil etishda mutaxasislar tayyorlash tizimi yo'lga qo'yish. Mahalla komitetlarida ishlovchi xodimlar aksariyati mutaxassis emas. Kamida texnikumlarda mahalla instituti boshqaruvi kabi mutaxassislarni tayyorlash lozim. Bu o'z navbatida mahallalarda ham barcha muammolarni professional yechishga imkon beradi.

Hatamov Aktam
Taklif 2020-12-04 20:51:17
talif.Pedagok xodimlarning nafaqa chiqjsh yoshi 5 yilga qisqarishi nafaqadagi maktab kollej direktorlari va o'rinbosarlari o'qituvchilari uchun yuqori turuvch vazirlik boshqarma va halq ta'limi bo'limi tamonidan ro'yxatlari shakilantirib 2 oy oldin ogohlantirib muddati etganda nafaqaga chiqish qonunda belgilab qo'yilsin.Bu qonun ishsizlikning oldini oladi va o'rta maxsus ma'lumotli pedagoglarning oliy ma'lumotli bolishi istagi oshadi bu davlat gaznasini bo'yitadi.

Хусанова Гули Шавкат қизи, Андижон вилояти
Taklif 2020-12-04 15:16:00
Бола имкон борича ота-онасининг масъулияти остида, уларнинг қарамоғида, ҳар қандай ҳолатда ҳам меҳр билан маънавий ва моддий таъминотда ўсиши керак. Ёш бола вазиятлар тақозо қилган алоҳида ҳолатлардан ташқари онасидан ажралмаслиги керак. Жамият ва ҳукумат органлари зиммасида оиласиз ва етарлича яшаш имконига эга бўлмаган болаларга алоҳида ғамхўрлик қилиш мажбурияти бўлиши керак. Катта оилаларга давлат томонидан болани қўллаб-қувватлаш бўйича бошқа имтиёз (нафақа)лар берилиши мақсадга мувофиқдир.

Муҳторов Жамшид Алишер ўғли, Андижон вилояти
Taklif 2020-12-04 15:15:04
Ижтимоий ҳимояга муҳтож ёшлар, меҳнат муҳожирлари, ишсизлар, ногиронлар, маҳкумлар, қариялар, фуқаролиги бўлмаган шахслар ва бошқалар учун сифатли таълим олиш имкониятларини тарғиб қилиш ва кенгайтиришга алоҳида эътибор бериш мақсадга мувофиқ деб биламан.

Асадуллаев Жавлон, Андижон вилояти
Taklif 2020-12-04 15:14:42
Норасмий таълим таъминотчиларини (нодавлат таълим муассасалари, нодавлат нотижорат ташкилотлари ва маданият марказлари) ни ривожлантириш, айниқса, мамлакатнинг алоҳида чекка ҳудудларида уларнинг тармоғини ривожлантиришни қўллаб-қувватлаш Давлат дастурини қабул қилиш зарур. Чора-тадбирларнинг қабул қилиниши катта ёшдаги аҳоли ўртасида асосан «компьютер саводхонлиги» кўникмаларини ривожлантириш, шунингдек, онлайн таълимни кучайтириш учун шароит яратиш, айниқса, пандемия шароитида ўқув жараёнларини рақамлаштиришга ёрдам беради