Rahimova Nargiza Farxadovna
Taklif
2020-11-17 22:31:55
Vatan ostonadan boshlanadi, shu sababdan, mahalla, oila tinch totuv bo'lsa, davlat qurilishi rivojlanishida unum bo'ladi. Chekka qishloqlardagi aholimizga yordam va e'tibor ko'rsatilishini taklif qilaman, jiddiy qarab, har bir honadon o'rganilsa qanday sharoitda yashayotganligi bilan qiziqib, shunga yarasha yordam ko'rsatilsa. Qish kelyapti, gazsiz, svetsiz o'sayotgan yosh avlod katta bo'lsa Vatanga xizmat qilish kofissenti qay darajada bo'lishi bizga ma'lum. Keyingi bosqich, ta'lim tizimida milliylikni ko'proq targ'ib qilishimiz, va bunga erishishimiz kerak, misol uchun, to'y va turli hil marosimlarda milliylik shukuhini berishlariga qaror qabul qilish lozim. Qaysi kasbda faoliyat yuritishidan qat'iy nazar, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xaqqoniy tadbirlar qilish kerak
Izohlar