Najimov Nasrullo Ismatilloyevich
Taklif
2020-11-22 17:57:01
1.Respublikadagi barcha transport uyushmalariga lizing asosida 100 dona mikroavtobus, 100 dona avtobus ajratilishi kerak, bu ajratilgan texnikalar asosida shahar, tuman va shaharlar aro transport qatnovini yo'lga qo'yishga va narx - navolarni arzonlashishiga olib keladi. 2. Aholiga Ajratilayotgan kreditlarni besamara bo'layotganligini hisobga olib, bu kreditlarni to'xtatish va buning o'rniga korxona, hamda jamiyatlarni rivojlantirish uchun mahalla va rivojlantirish jamg'armasi kafolati asosida eng kam ish haqqini 450 ( to'rt yuz ellik ) baravari miqdorida kredit ajratish kerak, bunday qilish mamlakatda ish o'rinlarini tashkil etishga, ularni ko'paytirishga va faoliyatsiz korxonalarni bo'lmasligiga, hamda korxonalarni tezroq rivojlanib, eksportbop maxsulotlarni ishlab chiqarishiga olib keladi. 3. Davlat tomonidan tashkil etilgan barcha moliyaviy kredit jamg'armalarni birlashtirib, yagona Taraqqiyot jamg'armasini tashkil etish kerak va bu jamg'arma zimmasiga loyihalarni o'rganib hamkorlik asosida imtiyozli kredit ajratish vazifasini qo'yish kerak. Barcha imtiyozli kreditga ehtiyoji bo'lgan korxona va jamiyatlar bu jamg'armaga loyiha va hujjatlarini topshirishi, ular topshirgan loyihalar istiqbolli bo'lsa imtiyozli kredit ajratilishi kerak. Bu jamg'armani Markaziy bankda o'z hisob raqami bo'lishi kerak va istiqbolli deb topilgan loyiha uchun shartnoma asosida loyiha egasini tuzgan bitimlarini amalga oshirishi uchun uning hisob raqamiga belgilangan mablag'ni o'tkazib berishi kerak.
Izohlar