Umarov Zokir
Taklif
2020-11-23 11:51:02
Pensiya ta'minotini adolatli taqsimlash kerak. 3 700 mingdan ortiq pensioner bor bo'lsa shu pensionerlarga qancha miqdorda pul ajratilgan bo'lsa shu mablag'ni 3 700 migga bo'lib necha so'mdan to'g'ri kelsa shuni berish kerak. Buni ichida mehnat staji bormi yoki yo'qmi hammaga bir xil taqsimlanishi kerak. Pensiya yoshiga yetgan (erkaklar 60 yosh ayollar 55 yosh) har qanday fuqaromiz hozirgi kunda pensiya jamg'armasi tomonidan talab qilinadigan hujjatlar (oxirgi ish joyidan ish haqi to'risida ma'lumotnoma, arxiv ma'lumotnomasi va b.) siz faqat pasporti bilan pensiya jamg'armasiga borsa kifoya bo'ladi. Tabiiy savol tug'iladi iyeee ishlagan odam bilan umuman ish stajiga ega bo'lmagan odam bir xil pensiya olishi adolatdanmi? Ishlagan odam ishlagan davrida ish haqini olyapti va daromad solig'i to'layapti. Ishlamagan odamchi deyilsa, ishlamagan kim o'zi hozirgi kunda: chet elda ishlovchilar, dexqonchilik bilan shug'ullanuvchilar, savdo-sotiq, yo'lovchi tashish, xizmat ko'rsatish va boshqa shunga o'xshash kasb egalari. Korxonalar mahsulot eksport qilsa chet elda ishlaydiganlar mehnat eksport qilib davlatimiz valyuta fondiga valyuta qo'shyapti, dexqonchilik qilayotganlar xalq uchunmi, eksport uchunmi mahsulotlarini yetishtirib bozorda sotishsa bozor yig'im va to'lovlarini to'layapti va qolganlar ham o'ziga yarasha soliq yig'imlarni to'lab xalq uchun xizmat qilib mahsulot va xizmatlarini yetkazib beryapti. Demak hamma O'zbekiston fuqarolari teng huquqli bo'lgandan keyin davlat byudjetidan berilayotgan pensiya ham bir xil bo'lishi kerak. Bu fikrga kelishimga sabab juda ko'p mehnat staji kam va umuman staji yo'q odamlar kelajagini o'ylab siqilib ketyapti. Bir deputat ikki yarim millionga yashasa bo'ladi deganida qancha malomatga qolgandi. Non puli bilan birga 300 000 so'm pensiya olayotgan odam haqida o'ylab ko'ring.
Izohlar