Xidorov Alisher Raxmonovich
Taklif 2020-11-19 08:47:12
Tuman hokimlari ustidan jamoatchilik nazoratini maksimal holatga chiqarish. Tumanlarni tabiy gaz bilan taminlashni bosqichma bosqich qamrab olish.Tumanlarda aholi murojatlarni adolatli korip chiqishni yangicha uslubini iahlap chiqish

Dehqonov Mirali
Taklif 2020-11-19 07:37:38
Bugungi kunda oʻzbek tilining mavqeyini oshirish borasida qator qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilinmoqda. Mamlakatimizda savodxonlik darajasini oshirish maqsadida OAV, gazeta, jurnallar, kitoblar hamda osma plakatlardagi xato soʻz va matnlar uchun jarima belgilash tizimini joriy etish lozim.

Xolmuratova
Taklif 2020-11-18 22:56:45
Juda ko' p viloyatlarda Xotin qizlarni ish bilan ta' minlashga e'tibor qaratilib ularning erlari boqimanda bulishiga va oiladagi tarbiya uzgarishiga olib kelmoqda shu sababli e'tiborni birinchi navbatda erkaklarga qaratib ishlamaydigan, sog'lom erkaklarni ro'yhatga olib ish bilan ta'minlash zarur. Ishlashni hohlamagan boqimanda , dangasa bulib qolgan 45 yoshgacha bulgan erkaklarga 1 oy davomida masuliyatni his qilib ish topishlariga undash va 1 oydan keyin 1 aklad jarimaga tortish kerak shunda mahalladagi yordam puliga bulayotgan janjallarimiz kamayadi va oldi olinadi ayollarimizni ishlagan erlariga nisbatan muomalasi va erkaklarimizning oiladagi obrusi joyiga qaytadi deb uylayman

Xolmuratova
Taklif 2020-11-18 22:43:26
Barchamiz bilamizki davlatimiz mahallalardan va oilalardan boshlanadi shunday ekan mahalla raislari va uning a'zolari barchasi oliy ma'lumotli , hujjat ishlarini yuruta oladigan ma'suliyatli insonlarni saylov va kasbiy faoliyati buyicha attestatsiya orqali ishga qabul qilinsa to'g'ri buladi. Mahalla saylovlariga nomzodini quygan insonlar birinchi navbatda qonun va qarorlar buyicha test topshirib undan o'ta olsa saylovga nomzodi quyilsin.

Muhammadjon Jalolov
Taklif 2020-11-18 22:27:59
Assalomu alaykum. Taklifim shundan iboratki, shaharsozlikda ko'chalarni ko'paytirish. Bu qanday bajariladi? Yevropa shaharlari tajribasidan kelib chiqib, bizda ham bir, ikki yoki uchta binoni atrofini ko'cha shaklida qurish mumkin. Ya'ni kichik kichik to'rtburchak yoki uchburchak kvartallar ko'rinishida bo'ladi. Natijada avtomobillarning katta yo'llarga va ichki kvartal yo'llariga bo'lgan yuklamasini kamayishiga erishish mumkin. Bu bilan tirbandliklarni ancha kamaytirish mumkin. Taklifimni fayl ko'rinishida yuboryapman. Rahmat

Ma'murov Sherzod
Taklif 2020-11-18 21:25:18
Uzumchilkka yo'naltirilgan hududlarda fermerlarga kredit berilishi lozim.zamonaviy ishkom, shpayler qilish uchun fermerga past foiz stavkada kredit berilsa, qishloq xo'jaligida hosildorlik ortadi.Uzumchilik va uni quritish sohasida texnologiyamiz orqada uni rivojlantirish kerak.

Ma'murov Sherzod
Taklif 2020-11-18 21:04:15
Davlat tili maqomini mustahkamlash uchun tashkil etilayotgan ,shuningdek faoliyat yuritayotgan firmalar va hokazolarni nomini ,ya'ni atoqli otlarni o'zbekchalashtirish, yangi qurilayotgan bino yoki hududlarni ham .Joy , manzil nomlari huda-behudaga o'zgaritilmasligi lozim,chunki bugungi kunimiz ertaga tarixga aylanadi.bugun biz yevropa yoki amerikaga taxassub qilib hamma narsaga inglizcha nom qo'ya bersak ertaga farzandlarimizda qanday qilib o'zbek tiliga nisbatan e'tiborni kuchaytiramiz?"Zarafshon -site", "Tashkent-site"???.?????Nima bu? Biz O'zbekistonda yashamoqdamizmi yoki Yevropada????

Hamrayev Bobur Ravshan o’g’li
Taklif 2020-11-18 19:42:01
Assalomu aleykum uy joy qurishni ko’paytirishni ilojini qilish kerak chunki hozirgi kunda shahar markazlarida uy joy juda qimmat hattoki butun umur ijarada yashashga tugri keladi ayniqsa shunchaki nomi bor imtiyozli kriditlarni haqiqatdaham bulishini taminlash lozim oradagi aka ukachilikni ham tuxtatish lozim kriditni foizi ham juda baland oylik ish haqiga tugri kelmaydi. yoki mayli davlat o’z hisobidan uylar qursin va bizga o’xshagan uysizlarga ijaraga bersin oylik to’lovi oylik ish haqiga tugri keladigan qilib davlatga ham fuqarolarga ham qulayroq buladi deb uylayman

Hamrayev Bobur Ravshan o’g’li
Taklif 2020-11-18 19:28:23
Assalomu aleykum meni taklifim shuki reklama yani telvidinyadan beriladigan reklamalarga sal etibor beringlar shunaqa bumaydigan narsalarni reklama qilishopti juda behayolik seriallarniku aytmasaham buladi ey O’zbek xalqi biz o’zligimizni aglab olaylik shunda qanday jamiyat qurishni bilamiz deb o’ylayman

Yagshigeldi Nazarov
Taklif 2020-11-18 18:00:45
Hammaga salom. Harbir shaharlarda tozalik birinchi orinda bolishi kerak. Aholining kop joylashgan joylarida ahlat kutularini kopaytirish va har 50-100 m dan kichik ahlat kutularini joylashtirish tozalikning bajarilishining birinchi ustuvori boladi. Shaharlar ozoda bolsa turislarni kelishi ham kopayadi menimcha.

"Юксалиш" уммиллий ҳаракати Қорақалпоғистон Республикаси ҳудудий бўлинмаси
Taklif 2020-11-18 17:43:00
Психолог ходимларнинг ва тегишли комиссия аъзоларининг фикрларини инобатга олган ҳолда, 4 синфдан кейин ўқувчиларнинг ўзлари қизиққан соҳа бўйича ўқитишга яъни аниқ фанларга ихтисослаштирилган ёки ижтимоий, табийй, касб-хунар фанларга ихтисолаштирилган мактабларга йўналтириш лозим.

"Юксалиш" уммиллий ҳаракати Қорақалпоғистон Республикаси ҳудудий бўлинмаси
Taklif 2020-11-18 17:41:55
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 2018 йил 1 июнда 3020-сон билан тасдиқланган "Нодавлат нотижорат ташкилотларининг ўтказилиши режалаштирилаётган тадбирлари ҳақида хабардор қилиш тартиби тўғрисида"ги Низомига ўзгартириш киритиш лозим. Мазкур низомга кўра ННТлари томонидан ўтказиладиган тадбирлари тўғрисида камида 10 кун олдин адлия органига хабарнома юбориши кераклиги кўрсатилган. Ушбу тартибни бекор килиш лозим, сабаби ННТлар ва унинг ҳудудий бўлинмалари адлия органидан ҳисобдан ҳамда ҳисоб рўйхатидан ўтказилган Низомларида турли фарматдаги тадбирларни ўтказиши кўрсатилади ва бу ҳақида адлия органига йиллик ҳисоботларида маълумотларни тақдим этади.

"Юксалиш" уммиллий ҳаракати Қорақалпоғистон Республикаси ҳудудий бўлинмаси
Taklif 2020-11-18 17:40:27
Олий таълим тизимини янада такомиллаштириш жараёнида талабаларнинг мутахассислиги бўйича теорияда олган билимларини амалиётда синашлари учун вазирлик, идора ва ташкилотларда амалий машғулот (практика) соатларини киритишни йўлга қўйиш лозим

"Юксалиш" уммиллий ҳаракати Қорақалпоғистон Республикаси ҳудудий бўлинмаси
Taklif 2020-11-18 17:38:54
Мавжуд кўприқларни инвентаризациядан ўтказиш ва ёроқсиз ҳолатга келганларини таъмирлаш лозим. Бугунги кунда жуда эскирган кўприклар автомобильлар ўтишида ноқулайликларни юзага келтирмоқда.

"Юксалиш" уммиллий ҳаракати Қорақалпоғистон Республикаси ҳудудий бўлинмаси
Taklif 2020-11-18 17:37:47
Нукус шаҳри марказидан 20 минг ўринли янги стадион қуриш зарур.

"Юксалиш" уммиллий ҳаракати Қорақалпоғистон Республикаси ҳудудий бўлинмаси
Taklif 2020-11-18 17:36:34
Чегара ҳудудларидаги аҳоли яшаш посёлкаларида логистика ва савдо марказларини ташкил этиш зарур.

"Юксалиш" уммиллий ҳаракати Қорақалпоғистон Республикаси ҳудудий бўлинмаси
Taklif 2020-11-18 17:35:27
Нукус шаҳрига замонавий аквапарк қуриш лозим.

"Юксалиш" уммиллий ҳаракати Қорақалпоғистон Республикаси ҳудудий бўлинмаси
Taklif 2020-11-18 17:34:25
“Тошкент-Нукус” йўналиши бўйича тезюрар темирйўл поездини йўлга қўйиш зарур.

"Юксалиш" уммиллий ҳаракати Қорақалпоғистон Республикаси ҳудудий бўлинмаси
Taklif 2020-11-18 17:33:05
Умумтаълим мактабларида ҳар бир синфда таълим олаётган уқўвчилар сони 25 тадан ортиқ бўлмаслигини таъминлаш чораларини куриш лозим.

"Юксалиш" уммиллий ҳаракати Қорақалпоғистон Республикаси ҳудудий бўлинмаси
Taklif 2020-11-18 17:32:06
Ҳозирги кунда Давлатимизда лотин алифбосида таълим олганларнинг ёши 30 (ўттиз)дан ошди. Бугунги кунда меъёрий ҳужжатларнинг кўпчилиги крилл алифбосида юритилмоқда. Мамлакатимизда таълим муассасаларида ўқув лотин алифбосида олиб борилмоқда. Давлатимизда битта алифбода иш ҳужжатларини юритишни амалга ошириш лозим.