Bozorova Mahliyo Nunnazarovna
Таклиф
2019-08-08 00:00:49
Навоий вилояти
1.Xalq ta`limi sohasi bo`yicha takliflar :
- Kuzatuv kengashlari to`g`risidagi nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish zarur.Chunki, kuzatishlarim natijasiga ko`ra, ayrim hollarda kuzatuv kengashi raisligiga sobiq iqtisodiy jinoyatlar bo`yicha sudlangan maktab direktorlari saylanmoqda.Muqaddam iqtisodiy jinoyatlar bo`yicha sudlangan kuzatuv kengashi raisi , maktab direktori iqtisodiy faoliyatini to`g`ri baholay oladi , deb bo`lmaydi.Shu boisdan ,kuzatuv kengashi raisligiga nizomda aniq qilib kimlar nomzodi qo`yilishi ko`rsatilishi ,ya`ni muqaddam sudlanmaganligi inobatga olinishi kerak , degan fikrdaman.Qolaversa ,bu kengash raisi nafaqadagi sudyalar ,huquqshunoslar ,iqtisodchilar va moliyachilardan saylansa ,ayni muddao.Kuzatuv kengashi tarkibini yana bir bora o`ylab ko`rish kerak ,degan fikrdaman.
- Ta`lim inspektsiyasi vakolatlari , ta`lim sifatini oshirishda hamda ta`limdagi muammolarni bartaraf etish uchun yetarli emas.Chunki,ta`lim inspektsiyasi ta`lim sifatini nazorat qilgani bilan unda bo`layotgan turli qonunbuzarliklarni tekshirish ,baholay olish vakolatiga ega emas.Nazarimda bizga ,Vazirlar Mahkamasi qoshidagi ta`lim inspektsiyasi o`rniga ,Bosh prokuratura huzuridagi Ta`lim departamenti samaraliroq foyda beradi.Agar shunday departament tashkil etilsa ,ta`limdagi byudjet mablag`lari va boshqa holatlar vaqti-vaqti bilan nazorat qilib turilganligi tufayli, ta`limda talon-taroj va korruptsiya ancha kamaygan bo`lardi.Ta`lim inspektsiyasini esa ,ta`lim departamenti tarkibiga kiritish mumkin.
- Ta`limdagi o`quv darsliklari nomukammal bo`lib , yangicha uslub kerak.Yodlashga emas ,fikrlashga yo`naltirilgan mukammal darsliklar zarur.Buning ustiga kitob bir yoki ikki muallif tomonidan emas, 5- 6 nafar har hil mutaxassislar tomonidan hamkorlikda tayyorlansa mukammalroq bo`ladi , menimcha ;
- Vazirlik tomonidan maktabdagi darslar belgilangan tartibda onlayn tarzda kuzatilishi lozim , deb o`ylayman.Shunday bir tizim joriy etilishi kerakki ,ma`lum vaqtlarda maktablardagi o`quv darslari onlayn kuzatilishi imkoni bo`lsin ;
- Ta`lim sohasida yangicha ruhdagi ,tashabbuskor rahbar kadrlarga muhtojlik yaqqol sezilib qolgan.Shu sababdan, maxsus 3 oylik kurslar tashkil etilib,rahbarni kursga olib borib o`qitish emas,imtihondan o`tib kursni tamomlaganlar rahbarlikka tayinlansin ;
- Maktab kutubxonasidagi badiiy adabiyotlarning aksariyati ditektiv janrda ,o`quvchi foydalanishi uchun mutlaqo samarasiz.O`z tajribamda kuzatganman,maktab kutubxonasi aksariyat deriktev asarlar bilan to`la . Bugungi kunda ,zamonaviy bilimlar 99 % o`zbek tiliga tarjima qilinmaydi va yetib kelmaydi.Buni inobatga olish kerak.
Agar hayotda nimadir ortiqcha xatti-harakatsiz yoki arzon baholansa ,qadrlanmaydi.Shu bois, eng muhim ehtiyojlardan biri ,bugungi kundagi bepul ta`lim tizimi farzandlarimizni chinakam hayot uchun yetarlicha tayyorlab berishda yo`l qo`yayotgan “kemtik” larni to`ldirishdan iborat.Biz miya ayovsiz yuvilgan ,lekin hali internet va zamonaviy bilimlar kirib kelmagan ,erkinlashmagan zamonda o`qidik.Bugungi kun bolalariga esa ,anchagina murakkab tizimli ta`lim zarur.Hozirgi kunda maktab sinflarida qancha kompyuter turganining ham,ularning bir qanchasi yaroqsizligi ham ,maktab uchun anchagina pul ajratilayotganligi-yu ularni to`g`ri taasarruf etilmasdan talon –taroj etilayotganligi ham muhim emas.Qanday qilib maktab ta`lim tizimi ,shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoga raqobatbardosh kadrlar etishtira oladi?Mana asosiy masala.
Hech kimni ranjitishni istamasdimu,bugungi kun ta`limi faqat yollanma ishchilarni yetishtirib berayapti ,dunyoga.
Texnika va axborot xurujlari zamonida yashayotganimizga qaramasdan ,bizda hanuz eski sovet davridan davom etib kelayotgan metodika.Juda unchalikmas deyishingiz mumkin,lekin, keling , asl muammolardan qochmaylik.Ma`lum miqdorda yangiliklar kiritilgan ,to`g`ri ,lekin bu o`zgartirishlar mavjud tizimni parchalay olmagan.Bu xuddi eski dizayndagi libosni tugma ,kamar va hokazo detallar bilan boyitgan kabi bir gap,xolos.O`zingiz ayting, 1975 - yillar bilan bugungi 2019 - yil maktab ta`lim tizimida qanday farq bor?Bir – ikkita didaktik o`yinlar,disklar va o`zi tuzatilishga muhtoj bo`lgan nomukammal darsliklarmi?!.
Maktabda o`qiydigan o`g`limning yuzida ,maktabdagi ta`lim uslubidan zerikish ifodasi sezilib turadi.Aqlli odam o`zidan aqlliroqni yaxshi tushunadi,ulardan ko`p narsa o`rganadi.Shu sababli maktab o`qituvchilari targ`ib qilib ,o`zlari amal qilmaydigan qotib-qolgan ta`lim-tarbiya qolipi , mustaqil fikr egalariga mos kelmaydi.Mana shu holatdan muammo kelib chiqadi.Bu holatlar ijodiy fikrlashni so`ndiradi.Bunday tizim ish beruvchini emas,yollanma ishchini tayyorlaydi.Biz tarihdan o`zimizga saboq chiqarmaymiz ,biz faqat tarihiy sanalarni ,joy nomlarini yod olamiz ,maktabda.Bizning aqlli ,adolatli hukumatimizga , ma`rifatli jamiyat kerak.Ma`rifatli jamiyatni esa ,maktablar tarbiyalaydi. Men, davlatimiz yangi islohotlar bosqichida ekan, fuqarolarimiz tana emas ,aql kuchi yordamida ishlaydigan yangi davrning o`ziga hos ishtirokchisiga aylanishini istardim. Inson hayoti bu ,jaholat va nodonlik hamda ma`rifat orqali anglab yetish o`rtasidagi kurash.Toki,inson o`zini anglash yo`lidagi ma`lumotlar va bilimlarni izlashdan to`xtar ekan ,u jaholat to`riga ilinadi.O`qish muhim narsa.Maktabga bolalar , bo`lg`usi kasb-korida asqotishi mumkin bo`lgan bilimlarni olish va jamiyatga kerakli inson bo`lish uchun borishadi.Har bir jamiyat o`qituvchi,shifokor ,tadbirkor,rassom va askarga muhtoj.Maxsus o`quv dargohlari ,ularni o`qitib tarbiyalaydi,ular tufayli madaniyatimiz gullab-yashnaydi.Afsuski,ko`pchilik uchun o`qib - o`rganish , maktabni bitirishi bilan birga tugaydi.Bilim olish davom etmaydi.Bizning maktab ta`lim tizimi esa aynan, mana shu holatni inobatga olib ,ma`lum muddatlarda, jamiyatga ma`rifatli kadrlarni yetishtirib berish chora-tadbirlarini ko`rishi zarur.
Inson miyasi , dunyodagi eng kuchli kompyuterdir.Shuning uchun miyani mashq qildirish kerak.Ta`lim tizimimiz esa asosan yodlashga yo`naltirilgan.Bizga bolani fikrlashga o`rgatadigan ta`lim tizimi kerak!
Изоҳлар