Samadov bobir g‘afurovich
Таклиф
2019-08-08 14:16:59
Бухоро вилояти
Assalomu aleykum jamoatchilik.uz Saytini tashkil qilgan jonkuyar insonlar. men samadov bobir buxoro viloyati, vobkent tumani, halvogaron MFY, xo’jamakon qishlog’da yashayman. Men, o’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2011-yil 13-sentiyabrdagi “imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari to’g’risidagi meyoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 256-sonli qarorning 47, 48, 49, 50-bandlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilishni xoxlar edim. Agar ushbu qarorning 47, 48, 49, 50-bandlariga o’zgartirishlar kiritilsa, ko’rishida nuqsoni bo’lgan oliy ma’lumotli DEFEKTOLOGLAR, PSIXOLOGLAR, INFORMATIKLAR, GEOGRAFLAR va boshqa sohani bitirgan ko’rishida nuqsoni bo’lgan oliy ma’lumotli mutaxasislar ham ish bilan taminlangan bo’lar edi.
IZOX: Mening o’zim ham ko’rish bo’yicha 2-gurux nogironiman. 2018-yilda jizzax davlat pedagogika institutining DEFEKTOLOGIYA yo’nalishini DAVLAT GRANTI asosida tamomlaganman. O’qishni bitirganimdan keyin ko’plab tashkilotlarga ish so’rab murojat qilganimda, ko’rishimda nuqsonim borligini aytishib, ishga olishdan bosh tortishdi. O’zim tahsil olgan buxoro shaxridagi 24-sonli ko’rish bo’yicha imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasasiga ish so’rab murojat qilganimda esa, maktab direktori menga, seni ishga olardim lekin o’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2011-yil 13-sentiyabrdagi 256-sonli qarorining 47-bandida ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida tayyorlov va 1 – 4 sinflarda faqat ko’rishi sog’lom o’qituvchi (DEFEKTOLOG)-tiflopedagoglar dars berishi mumkinligi, 48-bandida ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida ko’zi ojiz o’qituvchilar jami pedagog xodimlar sonining 30% dan oshmagan va bitta fandan dars beruvchi ko’zi ojiz o’qituvchilar 50% dan ko’p bo’lmagan tarzda belgilanganligini, 49 va 50-bandlarida esa ko’rishida nuqsoni bo’lgan va zaif ko’ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida ko’zi ojiz o’qituvchilar ona tili va adabiyot, xorijiy tillar, tarix va (geografiyadan tashqari) ijtimoiy fanlardan, matematika, musiqadan dars berishi mumkinligini bildirdi va ishga olmadi. Boshqa viloyatlardagi oliy ma’lumotli lekin ko’rishida nuqsoni bo’lgan DEFEKTOLOG mutaxasislar ham ishsiz yurganligi qulog’imga tez-tez chalinib turadi. Hozirda umumiy o’rta ta’lim maktablarida ham ko’rishida nuqsoni bo’lgan mutaxasislar dars berib kelmoqda ammo u mataxasislar juda oz foizni tashkil qiladi. Aksariyat ko’rishida nuqsoni bo’lgan oliy ma’lumotli mutaxasislar ishsiz axvolda qolmoqda. Mantiqan o’ylab qaraganda ham aytish mumkinki, ko’rishida nuqsoni bo’lgan oliy ma’lumotli mutaxasislar ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi bolalar maktab internatlarida ishlaganliklari maqul menimcha. Davlatimiz raxbari tomonlaridan 2018-2019 o’quv yilidan boshlab imkoniyati cheklangan abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirishda qo’shimcha 2% li DAVLAT GRANTI kvota o’rinlari ajratildi. Demak, bu degani imkoniyati cheklangan insonlarning ham oliy ma’lumotli mutaxasis bo’lib, jamiyatda o’z o’rinlarini topishlariga berilgan bir imkoniyat deb qarasak hech ham xato bo’lmaydi. Shu imkoniyati cheklangan insonlar ichida ko’rishida nuqsoni bo’lgan insonlar ham mavjut. O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2011-yil 13-sentiyabrdagi 256-sonli qarorining 47, 48, 49, 50-bandlariga tegishli o’zgartirishlar kiritilsa, ko’rishida nuqsoni bo’lgan oliy ma’lumotli mutaxasislar ham jamiyatda o’z o’rinlarini topar edilar.
Изоҳлар